روابط عمومی/مرکز خبر المصطفی
#فلسطین_مظلوم 🔹بیانیه جامعةالمصطفی در محکومیت جنایت رژیم صهیونیستی در بمباران بیمارستان المعمدانی غز
#فلسطین_مظلوم
🔹ترجمه بیانیه جامعة المصطفی در محکومیت جنایت رژیم صهیونیستی در بمباران بیمارستان المعمدانی غزه به زبان ازبکی
#Mazlum_Falastin
🔹 «Al-Mustafo» Unversitetining G‘azo sektoridagi Al-Ma’madoniy shifoxonasini bombardimon qilishda sionistik rejim jinoyatini qoralagan bayonoti
Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan
﴿أُذِنَ لِلَّذِينَ يُقَاتَلُونَ بِأَنَّهُمْ ظُلِمُوا ۚ وَإِنَّ اللَّهَ عَلَىٰ نَصْرِهِمْ لَقَدِيرٌ﴾
«Urushga uchrayotgan kishilarga zulm ostida qolganlari uchun jang va jihod qilish izni berildi. Albatta, Alloh ularni g‘olib qilishga qodir Zot». (Haj surasi, 39-oyat)
G‘azo sektorining begunoh va himoyasiz xalqiga o‘n kunlik vahshiyona hujumdan so‘ng kamdan-kam uchratish mumkin bo‘lgan Ma’madoniy shifoxonasiga sionist rejimning qonli va aqldan ozgan hujumi dunyo ahli ko‘z o‘ngida bu rejimning butkul qonxo‘r va vahshiyligini yaqqol namoyon qildi. Shubhasiz, Amerika Qo‘shma Shtatlari va unga hamjihat bo‘lgan bir necha G‘arb davlatlarining himoya qilishi hamda xalqaro mas’ul tashkilotlarning sionist bosqinchilarning jinoyatlari qarshida jim turishi bu shafqatsiz rejimning jasorat ko‘rsatishida muhim rol o‘ynamoqda. Shak-shubhasiz, bu jinoyatlarning himoyachilari jamoatchilik oldida qonxo‘r sionistlar jinoyatining sheriklari hisoblanadilar.
Mazlum Falastin va G‘azo sektorining bugungi manzarasi butun dunyo xalqlari uchun bir tarixiy sinovdir. Al-Mustafo Unversiteti ushbu alamli va qayg‘uli fojia sababli sabrli Falastin xalqi va Islom ummatiga hamdardlik bildirar ekan, barcha islomiy mamlakatlardagi hamma musulmonlardan hamda dunyodagi butun hur fikrli insonlardan ushbu qaltis vaziyatda bu jinoyatchilik harakatini keskin qoralashga va ushbu jinoyatlarga chek qo‘yishga qaratilgan o‘zlarining ilohiy va insoniy burchlarini ado etishlarini kutadi. Musulmon davlatlardan ham bu bosqinchi rejim vahshiyliklarining oldini olish uchun bor kuch va imkoniyatlarini ishga solishlari kutilmoqda.
2023 yil, 18 oktyabr
Al-Mustafo Xalqaro Universiteti
🌐کانال روابط عمومی/مرکز خبر المصطفی
👇👇👇
🆔http://eitaa.com/newsmiu